Bugun, 1 martdan boshlab sayohatga chiqqanlardan turistik yig`im undiriladi

01.03.2021 03:38

Ya`ni yurtdoshlarimiz sayohat qilish vaqtida mehmonxonada qolgan har bir kun uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 foiz miqdorida – 980 so`m yig`im to`laydi

"O`zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmonga binoan, 2021 yil 1 martdan boshlab:

— O`zbekiston fuqarolari va O`zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo`lmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda turistik (mehmonxona) yig`im undiriladi.

— Bunda, turistik (mehmonxona) yig`im ichki turizmni targ`ib qilish va rag`batlantirish, turizm mavsumi past bo`lgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo`naltiriladi.

Bundan tashqari, mazkur farmon bilan O`zbekiston fuqarolari xarid qilgan temir yo`l yoki avia chipta narxlariga 25 foiz chegirmalar ham belgilangan.

Ushbu imtiyoz 2021 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар