Markaziy bank qanday qoidabuzarliklar uchun banklarga jarima qo`llamoqda?

08.11.2024 19:34

Markaziy bankning Bank nazorati qo`mitasi tomonidan oktyabr oyidagi yig`ilishlarida 32 ta masala ko`rildi va ular bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ro`yxatga olish va ruxsat berish yo`nalishida 16 ta masala ko`rilgan. Shuningdek:

kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o`zgartirishlarni ro`yxatdan o`tkazish (4 ta);
mikromoliya tashkilotlariga berilgan lisenziyalarni qayta rasmiylashtirish (1 ta);
mikromoliya tashkilotlarini hisob ro`yxatiga olish (3 ta);
tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a`zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko`rib chiqishga doir (8 ta) masalalar ko`rildi.

Markaziy bank tomonidan o`tkazilgan o`rganish va tekshirish natijalarida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo`llanildi.  Shuningdek, 2 ta to`lov tashkiloti va 2 ta to`lov tizimi operatori tomonidan to`lov tizimi operatorlari hamda to`lov tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdori va tashkiliy-huquqiy shakliga qo`yilgan talablar bajarilmaganligi hamda 4 ta tijorat bankida xavfsizlikni ta`minlash va avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotlarni muhofaza qilish ishlarini tashkil etishda xatoliklarga yo`l qo`yilganligi sababli ularga nisbatan chora va sanksiyalar qo`llanilishi to`g`risida ogohlantirildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар