Ayrim tadbirkorlarga to`langan solig`ining bir qismi qaytarib beriladi

08.11.2024 15:06

Hukumat Qarori (745-son, 07.11.2024 y.) bilan umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko`rsatuvchi tadbirkorlik sub`ektlariga byudjetga to`langan qo`shilgan qiymat solig`ining bir qismini qaytarish tartibi to`g`risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Unga ko`ra, yuqorida keltirilgan tadbirkorlik sub`ektlariga 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab  byudjetga to`langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko`rsatuvchi tadbirkorlik sub`ektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilish bo`yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

—60 foiz va undan yuqori bo`lganda — byudjetga to`langan soliqning 40 foizi;

—60 foizdan kam bo`lganda — byudjetga to`langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

Shuningdek, tadbirkorlik sub`ekti soliq hisobotini taqdim etgandan so`ng 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

Soliqning bir qismi ayrim shartlar to`liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi.

Ma`lumot uchun, vaqtinchalik Nizom 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар