Shoxrux G`iyosovga: Rost24 rasmiy sayt!

06.11.2024 19:29

Jamiyatimizda yangi paydo bo`lgan illat – kvadroberlik mavzusi bo`yicha Rost24.uz sayti maxsus ko`rsatuv tayyorladi.

Ma`naviyatimiz va ijtimoiy hayotimizga raxna solish arafasida turgan ushbu illatga qarshi kurashish byudjetdan ta`minlanadigan har bir tashkilotning burchi hisoblanadi.

Kvadroberlik mavzusining oqibatlarini tahlil qilish uchun psixolog bilan suhbat uyushtirildi (https://youtu.be/tTi17PRb1Ho). Mavzuni qonuniy asoslar bilan  yanada kengroq ochib berish maqsadida Ichki ishlar vazirligidan ham mutaxassis jalb qilishni rejalashtirgan edik. Mutaxassis topishda yordam berishni so`rab IIV matbuot kotibi Shoxrux G`iyosovga iltimos qildik.  
 
IIB tergov xonalarida o`lib ketayotgan marhumlarni “xudo urgan bandalar” deya ta`riflagan Shoxrux G`iyosov bu safar Rost24 axborot-tahliliy portalini rasmiy sayt emas, degan no`noq javob bilan mutaxassis topishda yordam berishdan bosh tortdi. 
 
Ichki ishlar vaziri Po`lat Borbojonovga shuni ma`lum qilamizki, Rost24 sayti bundan roppa-rosa 4 yil oldin, 2020 yilning 23 oktyabr sanasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan 1382 raqami bilan ro`yxatga olingan. 
 
AOKAdagi mutasaddilardan ham katta bir vazirlikning matbuot kotibiga rasmiy va norasmiy saytlar qanday bo`lishi bo`yicha tushunchalar berishini iltimos qilib qolamiz...

O`zbekiston media olamidagi voqealar rivojini tahlil qiladigan bo`lsak, aslida xususiy OAVni hukumatga qarshi tomonga o`tib qolishida mana shunday matbuot kotiblari katta rol o`ynamayaptimikin?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
7
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар