Sh.Mirziyoev: G`azodagi nizoning yagona echimi – 1967 yildagi chegarani qayta tiklash

06.11.2024 15:49

Bugun Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) davlat rahbarlarining XI sammiti Qirg`iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida bo`lib o`tdi. 

Sammitda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev o`z nutqi davomida etakchi davlatlar o`rtasidagi raqobat va ishonchsizlik muhiti keskin kuchayyotgani, ziddiyat va urush o`choqlari ko`payib, turli xavf-xatarlar yanada ortib borayotgani haqida alohida to`xtalib o`tdi. 

"Bu o`rinda gap, eng avvalo, Yaqin Sharqda davom etayotgan adolatsiz urush va kuzatilayotgan ikki yoqlama standartlar haqida bormoqda. G`azo sektori va Livandagi misli ko`rilmagan gumanitar fojiani, tinch aholiga qarshi vayronkor hujumlarni, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar qurbon bo`layotganini hech narsa bilan oqlab bo`lmaydi. BMTning Falastin qochoqlariga yordam berish bo`yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni ham keskin qoralaymiz. 

Mazkur ko`p yillik nizoning yagona echimi – xalqaro me`yoriy hujjatlar va rezolyusiyalarga muvofiq, 1967 yildagi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo`lgan mustaqil Falastin davlatini tuzishdir.

 Keyingi hafta Ar-Riyod shahrida o`tadigan arab-musulmon davlatlari sammitida bu muammoga aniq siyosiy echim topilishiga umid qilamiz", – deydi Shavkat Mirziyoev.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар