Ichki ishlar vazirligining yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari polkovnik Erali Bozorovning matbuotga ma`lum qilishicha, 2020 yilda xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo`llarda tezlik bilan aloqador bo`lgan yo`l-transporti hodisalari ko`paygan.
“2020 yilda 6983 ta yo`l-transporti hodisasi sodir etilgan. Ularda 6591 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 1962 nafari esa vafot etgan. Baxtsiz hodisalarning aksariyati kechasi 23:00 dan 02:00 gacha sodir etilgan. Tezlik bilan bog`liq vaziyatlar, asosan, xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo`llarda kuzatilgan. Shu bois bu yo`llarda tezlikni cheklash, xodimlar dislokasiyasiga tegishli o`zgarishlar kiritilgan”, deydi Erali Bozorov.