Hukumat Qarori bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Unga ko`ra, talabgorlar 8 ta yo`nalish — fan, ta`lim, adabiyot, madaniyat, san`at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati bo`yicha tanlovlar orqali saralanadi.
Yosh chegarasi:
14 yoshga to`lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga o`qish va mehnat faoliyatidagi yutuqlari uchun beriladi.
Talabgorlarni tanlash bosqichlari:
—tuman (shahar) bosqichi — 2 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar;
—Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi — 21 oktyabrdan 30 noyabrga qadar;
—respublika bosqichi — 1 dekabrdan 31 dekabrga qadar o`tkaziladi.
Sovrindorlarga mukofotlar:
Diplom, ko`krak nishoni hamda BHMning 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti har yili 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Mukofot har yili Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 nafar talabgorga beriladi.