2025 yildan tarkibida shakar bo`lgan ichimliklarga aksiz solig`i qo`llanadi

29.10.2024 17:33

Kelgusi yildan boshlab boshqa alkogolsiz ichimliklar, jumladan, sharbatlar, mevali ichimliklar, limonadlar, kvaslar va boshqalar ham aksiz solig`iga tortilishi mumkin.

Bu haqda 28 oktyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida bo`lib o`tgan yig`ilishda vazir o`rinbosari Ahadbek Haydarov ma`lum qildi.

Bunda, 2025 yil 1 apreldan aksiz solig`i tarkibida shakar bo`lgan gazlangan ichimliklar uchun litri uchun 500 so`m, energetik ichimliklardan esa 2000 so`m miqdorida undiriladi.

Shu bilan birga, shakar o`rniga totlantiruvchi ishlatadigan ichimliklar uchun aksiz solig`i stavkasini pasaytirish rejalashtirilgan. Masalan, parhez gazlangan ichimliklarga 1 litr uchun 300 so`m miqdorida soliq solish taklif qilinmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар