Farzandlari uchun ixtiyoriy aliment to`lovchilar soni ortib bormoqda
Jamiyatning eng og`riqli muammosi bu ajrimlar masalasi hisoblanadi. Bolalarning etim qolishi, oilalarning porakanda bo`lishi og`ir ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Rost24.uz axborot saytiga Majburiy ijro byurosi mus`ullarining xabar berishicha, MIBning hozirgi davrda ish yurituvidagi 1 mln. 90 mingga yaqin ijro hujjatlarining 268 mingdan ortig`ini (24,6 foizi) aliment to`lovlariga oid ijro ishlari tashkil qiladi.
Shundan, 72 mingga yaqini qarzdorlar aliment to`lovlarini o`z vaqtida to`lab kelayotgan bo`lsa, 196 mingga yaqini yoki 73% ijro hujjati bo`yicha aliment pullari davlat ijrochilari tomonidan qarzdorlarga majburiy ijro etish choralarini qo`llash orqali undirilib kelinmoqda.