Qirg`iziston qo`shni davlatlarga qancha suv berayotganini e`lon qildi.
Qirg`iziston suv resurslari vaziri o`rinbosari Almazbek Sokeev so`zlariga ko`ra, mamlakatdagi umumiy suv oqimi 47 milliard kub metrni tashkil etadi, shundan 12 milliardi Qirg`izistonda qoladi, qolgan qismi qo`shni davlatlarga beriladi.
Jumladan, O`zbekiston 2024 yilda Qirg`izistondan 6 mlrd kub metr suv olgan.
Shuningdek, joriy yilda Qozog`iston Chuy viloyatidan 138 million kub metr, Talas viloyatidagi Kirov suv omboridan esa 420 million kub metr suv olgan.
"Shartnomaga ko`ra, vegetasiya davrida suvning 80 foizini o`zimizga qoldiramiz, 20 foizini Qozog`istonga beramiz. Boshqa paytlarda 58 foizi bizda qoladi, 42 foizi Qozog`istonga ketadi", deydi Almazbek Sokeev.
Ma`lumot uchun, O`zbekistonga suv resurslarining 80 foizi boshqa davlatlardan keladi, 20 foizi mamlakatda hosil bo`ladi. Tahlillarga ko`ra, 2030 yilga borib O`zbekistonga 7 mlrd kub metr suv etishmaydi.