Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining so`nggi hisobotiga ko`ra, sentyabr oyida dunyo bo`yicha mpox (maymun chechagi) infeksiyasiga chalinish holatlari rekord darajaga etgan.
Bu davrda 2763 ta yangi kasallanish holati ro`yxatga olinib, avgust oyiga nisbatan 8 foiz o`sish qayd etilgan. Aniqlangan bemorlarning asosiy qismi, ya`ni 1756 nafari Afrika mintaqasi aholisi hissasiga to`g`ri keladi.
O`z navbatida, maymun chechagi virusidan o`lim ko`rsatkichlari ham ortmoqda. Afrika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining ma`lum qilishicha, shu kungacha mpoxni yuqtirgan bemorlardan 1,1 ming nafari hayotdan ko`z yumgan.
Shunga asoslanib, markaz “Afrikada ushbu infeksiya tarqalishi bilan bog`liq epidemiologik vaziyat nazoratdan chiqmoqda” deb xulosa qildi.