Kam ta`minlangan oilalarga gaz va “svet” uchun bir martalik kompensasiya to`lanadi

26.10.2024 13:11



Endi kam ta`minlangan oilalar avtomatik ravishda gaz va elektr energiyasi uchun bir martali kompensasiya oladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mablag`lar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasiga xarajatlarni qisman qoplashga yordam beradi. Bir martali kompensasiya uchun davlat 370 mlrd so`m yo`naltiradi. Kompensasiyalar 1,4 mln muhtoj oilani qamrab oladi. Oktyabr oxirigacha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Mahalla uyushmasi va hokimliklar ehtiyojmandlar ro`yxatini shakllantiradi.

Isitish mavsumida (noyabr-fevral) kommunal to`lovlarga xarajatlar ortadi. Ehtiyojmandlarga ko`mak berish uchun, davlat yilda bir marta quyidagilar bo`yicha 270 ming so`m to`laydi:

asosiy ro`yxat bo`yicha. Unga “Yagona ijtimoiy himoya reestri” orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan oilalar kiradi (1,2 mln oila);
qo`shimcha ro`yxat bo`yicha. Unga boshqa ehtiyojmandlar kiradi (180 ming oila).
To`lov gaz va elektr energiyasiga tariflar oshishi oqibatini yumshatishda yordam beradi.

Shuningdek, xabarda fuqaro nogironligi bor bola uchun nafaqa olayotgan bo`lsa, asosiy ro`yxatga kiramasligi qayd etilgan. Asosiy ro`yxatga “Yagona ijtimoiy himoya reestri” orqali bola nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalar kiradi. Ammo bu fuqarolar qo`shimcha ro`yxatga kirishi mumkin. 

Fuqaroning oilasi katta bo`lsa, u keltirilgan mablag`dan tashqari elektr energiyasi va gaz iste`moli ijtimoiy me`yordan oshganligi uchun boshqa kompensasiya ham oladi. Bu ikki kompensasiya isitish mavsumida gaz va elektr uchun to`lov qilishda yordam beradi.

Agar oila “Yagona ijtimoiy himoya reestri” orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oladigan bo`lsa, kompensasiya avtomatik ravishda o`sha kartaga tushadi.  “Yagona ijtimoiy himoya reestri”dan bir nechta oila yashaydigan bo`lsa, har bir oila 270 ming so`mdan oladi.

“Bir necha bolaga nafaqa oladigan fuqarolar kompensasiya ko`proq olmaydi, kompensasiya miqdori bolalar va oila a`zolari soni va boshqa shartlarga bog`liq emas. Miqdori hamma uchun bir xil – 270 ming so`m”, deyiladi xabarda.

Bir martali kompensasiyani qo`shimcha ro`yxatdagi kam ta`minlanganlar – boquvchisini yo`qotgan oilalar, yolg`iz onalar, nogironlar va boshqa ehtiyojmandlar ham oladi.

“Bir martali kompensasiya – davlatdan yagona yordam emas. Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalar yana elektr energiyasi va gaz iste`moli ijtimoiy me`yordan oshganligi uchun ham kompensasiya oladilar” deyiladi xabarda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар