O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi 23 oktyabr kuni Anqara shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi va xavfsizligi nuqtai nazaridan Turkiyadagi vatandoshlarimizni ogohlantirdi.
Bunda, jamoat joylarida xushyorlikni oshirish va ehtiyot choralarini ko`rish, ayniqsa aeroport, temiryo`l vokzali, avtoshohbekat, kemalar stansiyalarida, metro va boshqa jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga amal qilish so`ralgan.
Turkiyadan chiqib ketish arafasida bo`lgan fuqarolarimizdan aeroportlarga uchish uchun qayddan o`tish (registrasiya) vaqtidan kamida 1 soat oldin etib borishlari, shubhali buyumlar va shaxslar to`g`risida yaqin oradagi polisiya yoki xavfsizlikni ta`minlash (Özel güvenlik) bo`linmalari xodimlariga xabar berish tavsiya etiladi.
Ma`lumot uchun, Turkiya IIV Polisiya tashkiloti vakillari Turkiyaning barcha hududlarida jamoat xavfsizligini ta`minlash chora-tadbirlari kuchaytirilganligini nazoratga olgan.