Yana bir agentlik Vazirlar Mahkamasiga o`tkazildi

24.10.2024 20:01

“Migrasiya jarayonlarini boshqarish tizimini isloh qilish bo`yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-162-son, 17.10.2024 y.) qabul qilindi

Farmonga ko`ra, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi faoliyati tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi tashkil etildi.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi Agentlikka o`tkazilib uning negizida Migrasiya jamg`armasi tashkil etiladi.

Agentlik tashqi mehnat migrasiyasi sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlarining ushbu yo`nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini ko`rsatuvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

2025 yil 1 yanvardan:

Agentlikka xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish bilan bog`liq nazorat tadbirlarini o`tkazishga ruxsat etiladi;

Agentlik zimmasiga u tomonidan o`tkazilgan har qanday tekshirish natijasi bo`yicha tuzilgan bayonnomalar, aniqlangan qonun buzilishi holatlari soni va xususiyati haqidagi ma`lumotlarni majburiy tartibda 5 kunda “Xorijda ish”  elektron dasturiga joylashtirib borish majburiyati yuklanadi.
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар