Qaysi soha vakillariga eng ko`p maosh to`lanmoqda?

24.10.2024 19:57

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, joriy yil yanvar–sentyabr oylarida O`zbekistonda o`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 151 ming so`mga etgan. Bu ko`rsatkich 2023 yilning mos davrida 4 million 424 ming so`m bo`lgan.

Hududlar bo`yicha o`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko`rsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan —8,7 million so`m. Bu miqdor o`tgan yilning mos davriga nisbatan 20,1 foiz o`sgan. Shu bilan birga, Navoiy (6,6 million so`m), Toshkent (4,9 million so`m), Andijon (4,4 million so`m) viloyatlari hamda Qoraqalpog`istonda (4,2 million so`m) nisbatan yuqori o`rtacha oylik ish haqi to`langan.

O`rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o`sish sur`atlari Toshkent shahridadan tashqari Samarqand (17,8 foiz), Andijon (16,2 foiz), Farg`ona (14,2 foiz) hamda Navoiy (14,6 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

O`rtacha oylik ish haqlari iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha quyidagicha:

Bank, sug`urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati — 14,5 million so`m;
Axborot va aloqa — 12,8 million so`m;
Tashish va saqlash — 8,1 million so`m;
Sanoat — 6,3 million so`m;
Savdo — 6 million so`m;
Qurilish — 5,7 million so`m;
Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 4,7 million so`m;
Ta`lim — 3,5 million so`m;
Sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish — 3,3 million so`m.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар