Endi binolar energiya samaradorligi bo`yicha toifalarga ajratiladi

24.10.2024 12:28

2024 yil 1 noyabrdan boshlab foydalanish maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bo`lgan bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini aniqlash uchun "A", "B", "C", "D", "E", "F" va "G" belgilari joriy etiladi.  

Bunda "A" toifasi energiya samaradorligi eng yuqori bo`lgan bino va inshootlarni belgilash va tegishli ravishda "G" toifasi energiya samaradorligi eng kam bo`lgan bino va inshootlarni belgilash uchun qo`llaniladi.

Bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini belgilash jadvaliga ko`ra:

"A" belgisi bo`lganda energiya sarfi – 40 foizdan ko`proq;
"B"  – 40 foizdan – 26 foizgacha;
"C" – 25 foizdan – 11 foizgacha.
"G" + 25 foizdan ko`proq.

Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda joriy yil yakuniga qadar energiya auditi yakunlari bo`yicha tayyorlangan hisobotlar va energetika pasportlarining elektron reestrini yuritish uchun mo`ljallangan maxsus elektron platformani ishlab  
chiqib, ishga tushirilishini ta`minlaydi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар