O`zbekiston qonun ustuvorligi past davlatlar qatorida

24.10.2024 10:52

Jahon qonun ustuvorligi indeksi 2024 yilgi hisobotini taqdim etdi. Bu haqda "World Justice Project" nashri xabar berdi. 

Unda, qonun ustuvorligi bo`yicha 142 ta davlat orasida O`zbekiston 83-o`rinni egallab turibdi. Kuchli uchtalikni esa Daniya (1-o`rin), Norvegiya (2-o`rin) va Finlandiya (3-o`rin) band etgan.

Ma`lumot uchun, World Justice Project (WJP) — butun dunyo bo`ylab qonun ustuvorligini ta`minlash vazifasini o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan xalqaro tashkilot. U dunyo bo`ylab mamlakatlar amalda qonun ustuvorligiga qay darajada rioya qilishini ko`rsatadigan miqdoriy baholash tizimini tashkil qilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар