Tadbirkorlar  uchun o`quv kursi: hammasi bepul!

21.10.2024 10:47

“Kichik biznesni uzluksiz qo`llab-quvvatlash” kompleks dasturining asosiy tayanch banki hisoblangan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tadbirkorlarga bepul onlayn o`quv kurslarini taklif etmoqda. 

Bank tadbirkorlarning salohiyati va dunyoqarashini oshirishga har jihatdan yordam bermoqda va mazkur yangi loyiha bunga yorqin misoldir. O`zbekistonda ilk bor Yaponiyaning taniqli va etakchi mentorlari bilan birgalikda tashkil etilayotgan o`quv kurslarida biznesni samarali boshqarish va rivojlantirish sirlari o`rgatiladi. O`quvlar Yamagata universiteti mutaxassislari tomonidan olib boriladi. 

Ishtirokchilar Yaponiyaning rivojlangan biznes modellari, jumladan, Lean Management va Kaydzen metodlarini bevosita yapon ustozlaridan o`rganish imkoniga ega bo`lishadi. Bu nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy maslahatlar, vaqtni boshqarish va biznesni rejalashtirish  kabi  muhim jihatlarni ham qamrab oladi. 

Mazkur loyiha biznesini boshlamoqchi bo`lganlar, faoliyatini rivojlantirishni ko`zlagan kichik va o`rta biznes egalari, shuningdek, faoliyatini yanada yuqori bosqichga olib chiqishni istagan tadbirkorlar uchun mo`ljallangan. 

Kurslarni tamomlagan va test sinovidan muvaffaqiyatli o`tgan tadbirkorlarga Yamagata universiteti va “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning xalqaro sertifikati takdim etiladi. Bu esa tadbirkorlarga xalqaro darajadagi tayanch yaratib, yangi biznes eshiklarini ochadi. 

Yana bir o`ziga xos jihati, o`quv kurslari ishtirokchilarni va ularning biznesini Yaponiya kabi rivojlangan mamlakat bilan bog`laydi, xalqaro darajadagi hamkorlikni yo`lga qo`yadi. 

Bunday  qulay  imkoniyatni  qo`ldan boy bermang!

 O`quv kurslarini Youtube tarmog`i orqali ushbu manzildan  ko`rishingiz mumkin. 

“Biznesni rivojlantirish banki” – orzularingizni haqiqatga aylantiramiz!

Murojaat uchun:

1254, 78 150-00-55

Reklama

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар