700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarining 524 tasida taomnoma davlat tilida emas – Raqobat qo`mitasi
Raqobat qo`mitasi hamda O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi bilan hamkorlikda respublikada faoliyat yuritayotgan 700 ga yaqin ovqatlanish korxonalarida tanlanma asosida o`rganish ishlari olib borildi.
Olib borilgan o`rganishlarda umumiy ovqatlanish sub`ektlari tomonidan iste`molchilarga xizmat ko`rsatishda ovqat tayyor bo`lish vaqti, narxi va to`lash shartlari haqida to`g`ri tushunarli ma`lumot taqdim etmaslik, taomnomalarda tayyor ovqatlarning hajmlari ko`rsatilmaganligi, yo`l bo`yida sanitar qoidalariga nomuvofiq joylarda ovqat tayyorlash, tayyor ovqatni etkazib berish, tashish va saqlashdagi muammolar ma`lum bo`ldi.
Shuningdek, o`rganish ishlarida qamrab olingan 700 ga yaqin umumiy ovqatlanish korxonalarining:
⁃ 524 tasida — (75%) taomnoma davlat tilida emas;
⁃ 480 tasida — (69%) ish rejimi ko`rsatilmagan;
⁃ 449 tasida — (65%) narxnomalar mavjud emas;
⁃ 429 tasida — (62%) avtoturargohlar mavjud emas;
⁃ 519 tasida — (74,6%) favqulodda vaziyatlar uchun chiqish yo`laklari mavjud emasligi aniqlangan.
Raqobat qo`mitasi tomonidan yuqoridagi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan vakolatli organlarga (Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo`mitasi va O`zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi) tegishli tartibda ma`lumotlar kiritildi.