Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining rahbari o`rinbosari Bekzod Shukurov Rost24 saytining til bo`yicha bergan savollariga qisman javob berdi.
Suhbat davomida Bekzod Shukurov davlat tili sohasidagi davlat tili siyosatini amalga oshirish, o`zbek tili alifbosida ish yuritilishiga to`liq o`tish departamentning asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta`kidlab o`tdi.
2019 yil 21 oktyabrda Prezident farmoni asosida tashkil qilingan departament 5 yil ichida qanday yutuqlarga erishdi?
O`rinbosar tomonidan davlat idoralarining 98% i lotin tilidan foydalanishga o`tganligi, 2023 yilda 6 jildli lotin yozuviga asoslangan 85 ming so`zdan iborat o`zbek tilining izohli lug`ati nashr qilinganligi departamentning yutuqlari sifatida ko`rsatildi.
Joriy yil yakuniga qadar, "Axborot texnologiyalari izohli lug`ati", "Kimyo atamalari izohli lug`ati", "Tibbiyotga oid atamalar izohli lug`ati", "Joy nomlari izohli lug`ati", "Yuridik atamalar izohli lug`ati", "Sportga oid atamalar izohli lug`ati" , "Soliq sohasiga oid izohli lug`at" kabi lug`atlar nashr etilishi rejalashtirilayotganligi aytib o`tildi.
Shuningdek, til bo`yicha "O`zbek tili qalbim tarjimoni", "Eng yaxshi o`zbek tili o`qituvchisi" " Qadring baland bo`lsin, ona tilim" kabi tanlovlar har yili o`tkazilishi haqida ma`lumot berildi.
Ona tilimizni ommaga targ`ib qilish, uni himoya qilish va o`zbek tilida ma`lumotlar bazasini kengaytirish uchun qanday targ`ibot ishlari olib borilmoqda?
Shukurov o`zbek tili olimlari bilan tilimiz haqida turli vedioroliklar olinayotganligi, davlat telekanallarida ko`rsatuvlar tashkil qilnganligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Wikistipendiya" loyihasi tatbiq etilgani kabi javoblar bilan cheklandi. Suhbat "davlat tilini umummilliy harakatga aylantirish Departamentning asosiy maqsadi ekanligi" bilan yakunlandi.