2023 yilda 6 ta, 2024 yilda esa 1 ta oliygohning lisenziyasi bekor qilingan.
Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi 2024 yilda ham 5 ta nodavlat oliy ta`lim tashkilotining lisenziyasini bekor qilish uchun sudga ariza kiritgan. Shundan 4 ta holatda davo arizalari qanoatlantirmagan.
Shuningdek, lisenziyasi bekor qilingan Nodavlat oliy ta`lim tashkilotlarining barcha talabalari arizalariga ko`ra, boshqa OTMlarga ko`chirilgan, deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun, lisenziyani bekor qilish "Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to`g`risida"gi qonunning 33-moddasida keltirilgan talablarga ko`ra amaliga oshiriladi.
Eslatib o`tamiz, bundan oldin "Digital university" MChJ lisenziyasi bekor qilingani haqida xabar qilgan edik.