17 oktyabr kuni JETOUR MOTORS kompaniyasi O`zbekistonda JETOUR T2ning taqdimotini o`tkazdi.
Toshkent viloyatining so`lim go`shasidagi “Piramida” dam olish maskanida o`tkazilgan mazkur taqdimotda JETOUR brendi jahon avtomobil bozoridagi o`rni va zamonaviy innovasiyalarini namoyish etdi.
Taqdimotda JETOUR MOTORS vise-prezidenti Ke Chuandeng brend “Sayohat+” strategiyasiga mutanosib tarzda amal qilishi kompaniyaning shiddatli bozor raqobatidagi asosiy muvaffaqiyatlarining omili hisoblanishini ta`kidladi.
JETOUR MOTORS 2018 yil ilk tashkil etilganida Xitoy avtomobil bozorida kuchli raqobatga duch keldi. Keng ko`lamli tadqiqotlar va soha mutaxassislari bilan maslahatlashgandan so`ng, kompaniya istiqbolli segmentni aniqladi. Ya`ni, avtomobil ishqibozlarining sayohatga bo`lgan ehtiyojlarini chuqur anglagan holda, JETOUR MOTORS “Sayohat+”ning o`ziga xos konsepsiyasini ishlab chiqdi. Konsepsiya nafaqat mahsulotga, balki turli ekotizimdagi odamlarning avtomobillar bilan o`zaro munosabatiga ham e`tiborni qaratdi. Shu jihatlarni inobatga olgan holda, JETOUR MOTORS haydovchilarning sayohati uchun aqlli qulayliklar yaratishga intildi.
Ko`p yillik sa`y-harakatlar ortidan JETOUR MOTORS “Sayohat+” bozor segmentini mustahkamladi va kengaytirdi. 2018 yilda o`zining birinchi mahsulotini ishga tushirganidan buyon kompaniya 73 oy ichida 1,33 million donadan ortiq avtomobil sotuviga erishdi va butun dunyo bo`ylab 49,8 milliondan ortiq mijozlarning ishonchini qozondi. Bunda butun avtomobil sanoatini hayratda qoldirgan «JETOUR Speed»ning o`rni katta bo`ldi.
Janob Ke JETOUR MOTORS savdosining tezlikda o`sib borishi uning “Sayohat+” strategiyasiga sodiqligi bilan bevosita bog`liqligini ta`kidladi. Kelgusida kompaniya ushbu bozor segmentini yanada rivojlantirish, operasion faoliyatga alohida e`tibor berish, mahsulot liniyasini yaxshilash, bozor ulushini kengaytirish va sotuvda keyingi millionga erishish niyatida.
JETOUR O`zbekistonda: Markaziy Osiyo bozorining strategik yo`nalishi
JETOUR MOTORS uchun O`zbekiston bozori Markaziy Osiyodagi rivojlanishning muhim strategik yo`nalishi hisoblanadi. “JETOUR MOTORS UZBEKISTAN ” kompaniyasi bosh direktori o`rinbosari Ziyoviddin Parpiev Xitoy va O`zbekiston o`rtasidagi savdo aloqalari chuqurlashib borayotgani munosabati bilan mamlakatimiz avtomobil bozori barqaror o`sib borayotganini alohida ta`kidladi.
“O`tgan yili o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 14,033 milliard AQSh dollarini tashkil etdi va bu ko`rsatkich o`sishda davom etmoqda. Mahalliy iste`molchilar sifatli va innovasion mahsulotlarga yuqori qiziqish bildirmoqda, bu esa JETOUR brendi va mahsulotlari uchun ajoyib bozor istiqbollarini ochadi”, – dedi Z.Parpiev.
Hozirda JETOUR O`zbekiston bozoriga X70, X70 PLUS, X90 PLUS, DASHING va yaqinda e`lon qilingan T2 kabi qator avtomobillarni taqdim etdi. Aniqrog`i, brendning yo`ltanlamas va oilaviy avtomobillar seriyalari mahalliy haydovchilarning ehtiyojlarini to`liq qondiradi. Kelajakda JETOUR mahalliy miqyosda brendning raqobatbardoshligini oshirish uchun ilg`or modellarni ishlab chiqishda davom etadi.
JETOUR T2: off-road va taassurotlar
JETOUR T2 mahsulotiga kelsak, JETOUR MOTORS UZBEKISTAN bosh direktori Li Chiangning ochiqlashicha, ushbu yo`ltanlamas sayyohlik avtomobillari segmenti brendning rivojlanishidan dalolat beradi. T2 nafaqat haydovchilarning kundalik ehtiyoji hattoki, yo`llardan kayfiyatni ko`tarishga ham xizmat qiladi. Natijada esa, ushbu brend avtomobil ishqibozlarining sevimli va klassik avtomobiliga aylandi.
JETOUR T2 ajoyib xususiyatlarga ega: keng salon, kuchli dvigatel, yuqori darajadagi ekologik toza va aqlli boshqaruv tizimlari. U Porsche kompaniyasining sobiq bosh dizayneri tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, bu uning yuqori sifatini ta`kidlaydi. Salon kengligi sababli osongina mobil yotoqxonaga aylanishi esa, uzoq sayohatlar uchun idealdir.
Mashina Xitoyning eng kuchli 2,0T dvigateli va 7 pog`onali Magna 7DCT qo`sh muftali transmissiyasi bilan jihozlangan. SONY 12 kanalli audio tizimi unutilmas lahzalarni in`om etadi. Bundan tashqari, T2 BorgWarner`ning 6-avlodi XWD to`liq g`ildirakli boshqaruv tizimi yo`ldan tashqarida ham ishonch bilan ishlaydi.
Janob Chiang, shuningdek 7 o`rinli T2 modeli ishlab chiqilayotganini va shu yil oxirigacha xalqaro bozorga chiqishi kutilayotganini ham aytib o`tdi. Kelgusida kompaniya sizning mamlakat bo`ylab qulay sayohat qilishingiz uchun yangi modellar va imkoniyatlar yaratishni rejalashtirmoqda.
Reklama huquqi asosida