5,2 mlrd so`mlik ish haqi va nafaqa pullari talon-toroj qilingani aniqlandi

18.10.2024 15:34

O`zbekistonda ish haqi va nafaqa pullarining 5,2 mlrd so`mi talon -toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma`lumot berdi.

Bosh prokurotura tomonidan aholi bandligini ta`minlash sohasida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo`yicha 1 ming 198 nafar shaxs intizomiy, ma`muriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 61 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi hamda 8 ming 573  nafar  shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi. 366 nafar ishchi - xizmatchilarning kechiktirilgan 2,4 mlrd so`m ish haqlari  undirib  berilishi  ta`minlandi.

Shu bilan birga, ish haqi va nafaqa pullarining 5,2 mlrd so`mi talon-toroj qilingani aniqlanib, 63 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Tadbirda tadbirkorlarga har tomonlama ko`mak berish, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni bartaraf  etish bo`yicha ham ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Jumladan, 15 ming 867 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv aniqlanib, bartaraf etildi. 12 ming 293 nafar tadbirkorlarning buzilgan  huquqlari tiklandi. Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga  kelgan 2 ming 821 ta muammolar  ijobiy hal etildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар