Shimoliy Koreya ikki Koreya o`rtasidagi mustahkam chegaraning avtomobil yo`llari va temiryo`l yo`nalishlari qismlarini portlatib yubordi. Bu haqda "AP News" nashri xabar berdi.
Bunga javoban Janubiy Koreya harbiylari qo`shnilarni ajratib turuvchi harbiy chegara chizig`idan janubga ogohlantiruvchi o`q uzgan.
Xabarga ko`ra, Janubiy Koreya harbiylari Qo`shma Shtatlar bilan kelishilgan holda o`zining tayyorgarligi va kuzatuv holatini kuchaytirayotganini ma`lum qilgan.
Ma`lumot uchun, bunga qadar Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan munosabatlarni uzib, ikki davlat o`rtasidagi kelishuvdan voz kechishga va`da bergani aytilmoqda.