Diniy qo`mita  "umrachi" turfirmalar uchun yangi qonun  talablarini e`lon qildi

13.10.2024 10:13



Qayd etilishicha, ayrim turfirmalarda vizalarni soxtalashtirish, mehmonxonalarda joy band qilmaslik hamda qaytish uchun aviachiptalarning xarid qilinmasligi holatlari kuzatilgan. Natijada, 13 mingdan ortiq fuqarolar sarson bo`lgan va ba`zi ziyoratchilar Saudiya Arabistonidagi qoidalarni buzganlik uchun  deport qilingan. 

Holat yuzasidan, 2024 yil 9 oktyabr kuni "Umra tadbirlarini tashkil etish va o`tkazish bilan bog`liq chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to`g`risida"gi Vazirlar Mahkamasining 300-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, Din ishlari bo`yicha qo`mita lisenziyasining shartlari joriy qilindi. Qonun shartlari doirasida turfirmalarga quyidagi maksimal qiyin qonun talablari qo`yildi:

1 million AQSh dollari miqdoridagi mablag`ni “Ziyorat jamg`armasi”ga zaxira qilib qo`yish;

Ziyoratchilarning guruh rahbari etib, O`zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida diniy bilim va ko`nikmalarga ega bo`lgan mutaxassisni tayinlash;

Turfirma shtatida diniy (islomiy) ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bir nafar mutaxassisning mavjudligi to`g`risidagi ma`lumot;

Voyaga etmagan fuqarolarga xizmat ko`rsatmaslik;

O`z faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik;

Ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistonining faqat “Umra vizasi”ni rasmiylashtirish – boshqa viza bilan olib borish noqonuniy hisoblanadi;

Umra xizmatlari Saudiya Arabistoni podshohligidagi hamkor tashkilot o`rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish va ular ko`rsatadigan xizmatlar uchun to`lovlarni bank muassasalari orqali amalga oshirish;

Ziyoratchilarga sifatli xizmat ko`rsatish, xususan, o`z vaqtida tibbiy xizmat ko`rsatishni ta`minlash;

Xalqaro yo`nalishda 2 yildan kam bo`lmagan tajribaga ega, bu davrda yo`lovchi tashishning xalqaro va milliy qonunchilik talablarini buzmagan aviakompaniya bilan hamkorlik qilish;

Ziyoratchilarni yuborishdan oldin ularga borish va qaytish aviachiptalarini xarid qilish;

Ziyoratchilarni toifasi 3 yulduzdan kam bo`lmagan mehmonxonalarga joylashtirish;

Umra xizmatini 3-davlatlar orqali ko`rsatmaslik;

Xizmatlarni lisenziyada ko`rsatilgan manzildan boshqa joydagi vakolatxona yoki filial orqali ko`rsatmaslik.

Shuningdek, umra ziyorati xizmatini ko`rsatish bo`yicha lisenziya sohasidagi qonunbuzarlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarima miqdori BHMning 200 baravari (75 mln so`m) etib belgilangan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар