Donald Tramp ayrim muhojirlarga o`lim jazosi berishni taklif etdi

13.10.2024 09:10

Donald Tramp Kolorado shtatining Aurora shahrida o`tkazilgan miting chog`ida muhojirlarni xavfli jinoyatchilar sifatida ko`rsatib, AQSh fuqarolarini o`ldirgan muhojirlarga o`lim jazosi berishga chaqirdi. Bu haqda "SBS News" nashri xabar berdi.

"Men shu bilan Amerika fuqarosi yoki huquq-tartibot idorasi xodimini o`ldirgan har qanday muhojirni o`lim jazosiga chaqiraman”, deydi Tramp xabarda keltirilishicha.

Aytib o`tish joizki, AQSh shtatlarining deyarli yarmi o`lim jazosini taqiqlaydi.

Muhojirlarga nisbatan "tish qayrab" olganining sababi esa, Trampning hozir Amerika butun dunyoda bosib olingan Amerika sifatida tanilgan, degan fikridan ayon.

Eslatib o`tamiz, 2024 yil 5 noyabrda AQShda prezidentlik saylovi bo`lib o`tadi. Donald Tramp esa asosiy nomzodlardan biri.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар