Markaziy Osiyo mamlakatlari poytaxtlarida jamoat transporti uchun yo`l haqi qancha?

12.10.2024 11:41


Markaziy Osiyo mamlakatlari poytaxtlarida jamoat transporti uchun eng arzon yo`l haqi Toshkentda, eng qimmati esa Ostonada. Bu haqda “Central Asia” xabar berdi.

Bishkek

Qayd etilishicha, Bishkekda naqd to`lovda jamoat transporti uchun tarifni 20 somdan ($0,23) 40 somgacha ($0,47) oshirish rejalashtirilmoqda. Naqd pulsiz to`lovda esa tarif o`zgarishsiz qoladi – 17 som ($0,20). So`nggi marta tarif 2024 yil yanvar oxirida oshirilgan bo`lib, naqd to`lov 15 somdan ($0,18) 20 somgacha ($0,23), naqd pulsiz to`lov esa 11 somdan ($0,13) 17 somgacha ($0,20) ko`tarilgan. Qirg`izistonda mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori 2024 yil ikkinchi choragida o`rtacha 8 144 somni ($95,25) tashkil etgan.

Toshkent

Toshkentda 2023 yil 1 noyabrdan boshlab jamoat transportida yo`l haqi naqd to`lovda 2000 so`mni ($0,16), naqd pulsiz to`lovda esa 1700 so`mni ($0,13) tashkil etadi. Avval naqd va naqd pulsiz to`lovlar 1400 so`m ($0,11) bo`lgan. Undan oldin yo`l haqi 2019 yilda oshirilgan — 1200 so`mdan ($0,094) 1400 so`mgacha ($0,11). O`zbekistonliklar uchun 2024 yil 1 oktyabr holatiga ko`ra, mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so`mni ($90,3) tashkil etadi.

Ostona

Ostonada 2024 yil 1 avgustdan boshlab jamoat transportida yo`l haqi naqd to`lovda 220 tengeni ($0,45), naqd pulsiz to`lovda esa 110 tengeni ($0,23) tashkil etadi. Oldin naqd to`lov 180 tenge ($0,37), elektron to`lov esa 90 tenge ($0,19) bo`lgan. Ostonada yo`l haqi oxirgi marta 2014 yilda o`zgargan. 2024 yil iyul oyida Qozog`istonda mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori 51 730 tenge ($106,78) bo`lgan.

Dushanbe

Dushanbeda 2021 yil noyabridan boshlab avtobusda yo`l haqi karta orqali to`lovda 1,8 somoniy ($0,17), naqd to`lovda esa 2,5 somoniy ($0,23)ni tashkil etadi. Trolleybusda esa karta bilan 1,5 somoniy ($0,14), naqd to`lovda esa 2 somoniy ($0,19). Dushanbeda jamoat transportida yo`l haqi 2021 yildan oldin 2011 yilda oshirilgan. O`shanda shahar avtobusida yo`l haqi 1,2 somoniy ($0,11), trolleybuslarda 1 somoniy ($0,094), marshrutlarda esa 1,6 somoniy ($0,15) bo`lgan.

Ashxobod

Internet ma`lumotlariga ko`ra, Ashxobodda jamoat transporti narxi 50 manatni tashkil qiladi. Ammo uning qay tartibda va qancha muddat uchun to`lanishi haqida aniq ma`lumot mavjud emas.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар