Abiturientlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdimi?

11.10.2024 11:24

Abiturientlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi. Bu haqda Yurist maslahati rasmiy kanalida ma`lum qilindi.

Gap shundaki, joriy yilning iyul oyida yuridik yo`nalishlarga imtihon topshirgan abiturientlarga darslikda keltirilmagan savollar, jumladan moddalar sanksiyalaridan (qancha jarima belgilangan, necha yilga qamaladi kabi) savollar tushgan. Va bu ancha muhokamalarga sabab bo`lgan edi.

"Universitetda o`qib yurgan vaqtlarimda ustozlarim modda sanksiyasini yodlashni qat`iy man etardi. Ya`ni, biz umuman sanksiya yodlamasdik. Chunki, birinchidan, yodlashni umuman imkoniyati yo`q, ikkinchidan, bu kelgusi faoliyatda umuman kerak bo`lmaydi.

Bugundan advokat sifatida ishga kirishdim. Hozir Toshkent tumanlararo ma`muriy sudidaman. Ish  bilan tanishish va OAVni jalb etish bo`yicha sudga iltimosnoma taqdim etaman", deydi advokat Muhriddin Shamsiddinov.

Eslatib o`tamiz, Rost24.uz jurnalisti ham ushbu masala bo`yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig`i Zafarbek Olimbekovga savol bilan yuzlanib, tayinli javob ololmagan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар