Nyu-York merining korrupsiyaga oid jinoyatiga o`zbekistonlik tadbirkor ham sheriklik qilgani ma`lum bo`ldi

09.10.2024 13:50

Nyu-York shahar meri Erik Adamsga qarshi korrupsiya bilan aloqador bir nechta federal jinoyat ishi bo`yicha tergov olib borilmoqda. Qizig`i, uning bu jinoiy ishlariga sheriklar orasida Nyu-Yorkdagi qurilish kompaniyasi rahbari, asli o`zbekistonlik Tolib Mansurov ham borligi ma`lum bo`ldi.

Bu haqda "New York Times" nashri xabar berdi.

Gap shundaki, Erik Adams jismoniy shaxslar, korxonalar, xayriya jamg`armalari yoki davlat idoralarini jalb qilish orqali ixtiyoriy moliyaviy badallarni to`plash bilan shug`ullangan.

Xabarga ko`ra, Erik Adams bu jarayonda ko`plab korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etgan. Tolib Mansurov esa, bir necha yildan beri uning bu noqonuniy ishiga sheriklik qilgan.

Ma`lum bo`lishicha, shahar meri Mansurovning bu yordami uchun bir necha muammolarini hal qilishga va`da bergan.

Jumladan, 2023 yilda Adams Quyi Manxettenda O`zbekiston bayrog`ini ko`tarish marosimini o`tkazishda Mansurovga ko`maklashgan.

Xabardan ma`lumki, shahar merining Nyu-York shahridagi o`zbek jamiyati bilan yaqin aloqasi bo`lgan.

Prokurorlarning ta`kidlashicha, Mansurov va uning xodimlari keyinroq advokatlar ishtirokida tergovchilar tomonidan yana so`roq qilingan. Oxir-oqibat, u Erik Adamsning korrupsiyaga oid jinoiy ishlariga aloqadorligini tan olgan, deyiladi xabarda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар