Davlat oliygohlari hududida bog`cha tashkil etishga ruxsat berildi

09.10.2024 12:41



30 sentyabr kuni prezidentning «Maktabgacha ta`lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi [PF-152-sonli] farmoni qabul qilindi. 

Farmon bilan davlat oliy ta`lim muassasalariga o`zlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli bo`lgan bo`sh er uchastkalarida davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi.

Maktabgacha ta`lim tizimida faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillarini qo`llab-quvvatlash va yanada rag`batlantirish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarmog`ini kengaytirish maqsadida:

2018−2022 yillarda nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish uchun Davlat byudjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablag`lari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi;


2024 yil 1 oktyabrdan boshlab bir vaqtning o`zida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsdan ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo`yicha to`lanadi.

Eslatib o`tamiz, farmonga ko`ra, bog`chalarda direktor o`rinbosari lavozimi joriy etiladi. Muassasalarda kichik va o`rta guruhlardagi bolalarda kognitiv, psixomotor va ijtimoiy ko`nikmalar rivojlantiriladi. Bog`cha rahbari va pedagog kadrlarini vazir jamg`armasi hisobidan rag`batlantirishga ruxsat etiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар