Joriy yilning 29 sentyabr kuni Jahon Cog`liqni saqlash tashkiloti Afrika qit`asidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitmasi qayd etilganini ma`lum qildi.
Ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 28 sentyabr holatiga Ruandaning 30 ta okrugining ettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan holat ro`yxatga olingan va shundan 6 ta holatda o`lim qayd etilgan.
JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.
Marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida dunyoning ko`plab mamlakatlarida bilan bir katorda O`zbekiston Respublikasida ham davlat chegarasini kesib o`tish joylarida faoliyat yuritayotgan Canitariya nazorat punktlarining (SNP) xushyorligi oshirilgan.
Shu o`rinda fuqarolarimizga jiddiy xavotirga o`rin yo`qligini ma`lum qilamiz, deyiladi Sanepidqo`mita xabarida.
Marburg isitmasining belgilari
Marburg isitmasining manbai ko`rshapalaklar hisoblanib, ulardan kasallik sog`lom odamlarga yuqishi mumkin, infeksiyaga chalingan bemorlardan ajraladigan biologik suyuqliklar (qon, tupik, peshob) bilan bevosita aloqa qilish, shuningdek, turli jismlar yuzalari orqali ham faol tarqalishi mumkin.
Kasallik belgilari to`satdan boshlanadi va bemorda yuqori tana harorati, kuchli bosh og`rig`i, bezovtalik, mushaklarda og`riqlar kuchayib, ularni tez-tez tortishib turishi hamda, diareya, ko`ngil aynishi va qayt qilish holatlari kuzatilishi mumkin. Kasallikning beshinchi kunida ko`krak, orqa va qorin bo`shlig`ida qontalash toshmalar paydo bo`lishi mumkin.