Ko`p qavatli uylarning qurilishiga norozilikning aksari aholi yashash uylari bilan oraliq masofa saqlanmasligi bilan bog`liq. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi ma`lum qildi.
Aytilishicha, yakka tartibdagi uy-joylar hududida qo`shimcha ko`p qavatli turar joylar qurilishiga ruxsatnomalar berilishi natijasida aholining murojaati kundan-kunga ko`paymoqda. Nizoli masalalar aholi yashash uylari bilan oraliq masofa saqlanmasligi oqibatida yuzaga kelayotgan bilan bog`liq. Bu jihatlar Samarqand, Farg`ona va Toshkent viloyatlarida keskin oshgan.
Tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalarning joriy yildagi faoliyati tahlil etilganda bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangani ma`lum qilindi. Jumladan, hududiy “Arxitektura-shaharsozlik” kengashiga kiritilgan loyihalarni ko`rib chiqish va kelishish muddatlari surunkali ravishda buzilgan.
Eng qoniqarsiz hududlar:
Buxoro viloyati;
Qashqadaryo viloyati;
Jizzax viloyati;
Toshkent viloyat;
Toshkent shahri.
Shuningdek, tuman (shahar) qurilish bo`limlarining ob`ektning ixtisosligini o`zgartirishga bergan ruxsatnomalari o`rganilganda:
20 ta holatda jami 280 950 metr2 noturar joy ob`ektlari va uning butun egallagan er uchastkasi hamda qurilish qilinmagan bo`sh er uchastkalari turar joy sifatida xususiylashtirilgan;
19 ta holatda 235 950 metr2 turar joy sifatida yashashga yaroqsizligiga, ruxsatnoma berish tegishli talab va shartlariga muvofiq berilmagan;
1 ta holatda 45 000 metr2 qurilish qilinmagan bo`sh er uchastkasi yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ixtisosligi o`zgartirib berilgan.