Buzilayotgan iste`molchilar huquqlari: aloqa sifati qoniqarsiz, ortiqcha qarzdorlik, abonent roziligisiz reklama

08.10.2024 10:48

 

Raqobat qo`mitasiga 2024 yilning 9 oyi davomida telekommunikasiya xizmatlari bo`yicha 2 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo`lib, ularni o`rganish natijasida ortiqcha olingan (hisoblangan) 115 mln so`m mablag` iste`molchilarga qaytarilishi ta`minlandi. 

Aholi nimadan norozi?

Murojaatlarda asosan, aloqa sifatining qoniqarsizligi, hisob-kitoblarning noto`g`ri yuritilishi va ortiqcha qarzdorlik hisoblanishi, abonent roziligisiz qo`shimcha xizmatlarga hamda reklama maqsadidagi SMS xabarlar yuborilayotganligi, shu jumladan pulli kontent xizmatlarga ulab qo`yilganligi, qo`shimcha moliyaviy va savdo xizmatlari ko`rsatishda shartnoma shartlarini va tovar etkazib berish muddatlarini buzilishi, xizmat narxlarining va tarif shartlarining o`zgarganligi (oshishi) kabi muammolar bildirilgan.

Iste`molchilar huquqlari buzilmoqda

Raqobat qo`mitasi iste`molchilarning huquqlarini ta`minlash va qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida, telekommunikasiya xizmatlari ko`rsatuvchi sub`ektlar, shu jumladan, mobil aloqa operatorlarini ogohlantirgan holda qonunchilikda belgilangan majburiyatlari va iste`molchilar huquqlarini eslatib o`tdi.

“Raqobat to`g`risida”gi Qonuniga muvofiq, ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub`ektning yoki bir guruh shaxslarning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste`molchilarning, boshqa xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari ustun mavqeni yoki ustun muzokara kuchini suiiste`mol qilish deb e`tirof etiladi hamda taqiqlanadi.

O`z navbatida, mobil aloqa operatorlari va kontent xizmatlarni taqdim etuvchi sub`ektlarning o`zaro kelishib olingan harakatlari natijasida iste`molchilar huquqlarining buzilishi – ustun muzokara kuchini suiiste`mol qilish deb e`tirof etilishi va moliyaviy jarimaga sabab bo`lishi mumkin.

Yuqoridagilarga asosan, Raqobat qo`mitasi iste`molchilarning huquq va manfaatlari ustuvorligini ta`minlash maqsadida, telekommunikasiya xizmatlari ko`rsatuvchi sub`ektlarni, shu jumladan mobil aloqa operatorlari va kontent xizmatlarni taqdim etuvchi sub`ektlarni amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat`iy rioya etgan holda faoliyat olib borish yuzasidan qat`iy ogohlantirdi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар