Giyohvand va psixotrop moddalarni reklama qilganlar javobgarlikka tortiladi

07.10.2024 10:33

Prezident tomonidan imzolangan kodeks va reklamaga oid qonunlarga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" telegram kanali ma`lum qildi.

Kuchaytirilgan qonun talablariga ko`ra, Jinoyat, JPK va MJtKga giyohvandlik vositalari, ularning analoglarini hamda psixotrop moddalarni telekommunikasiya tarmoqlari yoki internetdan foydalanish orqali sotgan, tarqatgan, saqlagan va voyaga etmaganlarni jalb qilgan shaxslarga nisbatan ma`muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko`riladi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksida giyohvandlik vositalarini qonunga hilof ravishda tayyorlash, sotish, tarqatish va shunga oid jinoyatlar bilan qo`lga tushgan shaxslar, ushbu jinoyatlarini qayta sodir etsa, quyidagi choralardan biri qo`llanilishi belgilandi:

— BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima;
— 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
— 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
— 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
— 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Xususan, mazkur qonun rasman e`lon qilingan kundan boshlab  kuchga kiradi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар