Qozog`istonda atom elektr stansiyasi qurilishi bo`yicha referendum oldidan 27 kishi hibsga olindi. Bu haqda "nastoyashee vremya" nashri xabar berdi.
Xabarga ko`ra ulardan ba`zilari 10, 15 va 20 kunga hibsga olingan, boshqalaridan tilxat yozdirib olingan. Bir kishi 42 ming tenge jarimaga tortilgan.
Polisiya AES qurilishiga qarshi yozilgan plakatlarni “noqonuniy tashviqot” deb hisoblaydi.
Sud AES qurilishi masalasida shahar aholisi o`rtasida so`rov o`tkazgani uchun bir nashrni 230 dollar jarimaga ham tortgan, deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun Qozog`istonda bugun, 6 oktyabr kuni atom elektr stansiyasini qurish bo`yicha referendum o`tkazilishi rejalashtirilgan edi. Bunda Balxash ko`li qirg`og`idagi Olmaota viloyatining Ulken qishlog`ida atom elektr stansiyasini qurishni maqsad qilgan. Natijalar etti kun ichida e`lon qilinadi.
Byulletenda faqat bitta savol bo`ladi:
Siz Qozog`istonda atom elektr stansiyasining qurilishiga rozimisiz?
Unga "Ha, roziman" yoki "Yo`q, rozi emasman" deb javob berish mumkin.
Agar saylovchilarning 50% dan ortig`i ishtirok etsa, referendum o`tgan hisoblanadi.