Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri jamg`armasining 2025 yil 1 yanvardan boshlab bog`cha rahbar va pedagoglari rag`batlantirish to`g`risidagi farmoni kuchga kiradi.
Xususan, farmonga ko`ra:
Maktabgacha ta`lim tashkilotining direktor o`rinbosari lavozimi tashkil etiladi;
trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor o`rinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qo`shimcha har oylik ustama to`lanadi.
barcha maktabgacha ta`lim tashkilotlarida malaka oshirishning “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha ta`lim tashkilotlarida esa “Metodik mahorat kuni” kabi dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
respublikaning barcha tuman (shahar)larida kamida bittadan tayanch maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyati yo`lga qo`yiladi;
2024 yil 1 oktyabrdan jismoniy shaxs bir paytning o`zida bir nechta oilaviy nodavlat bog`chada mehnat faoliyatini yuritayotgan bo`lsa, ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo`yicha to`lanadi.
2025 yil 1 martdan tajriba-sinov tariqasida respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta`lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun mobil malaka oshirish xizmatlari joriy etiladi.
2025 yil 1 yanvardan tajriba-sinov tariqasida har bir tuman (shahar)dagi bittadan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida inklyuziv ta`lim guruhlari ochiladi.