O`zbekiston shaxmat federasiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan koferensiya bo`lib o`tdi. Unda bir necha tashkiliy masalalar ko`rildi.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov shaxmat federasiyasi raisi etib saylandi.
Federasiyaning sobiq raisi Alisher Sa`dullaev esa raisining birinchi o`rinbosari etib saylandi.
Eslatib o`tamiz, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa`dullaev 2022 yildan buyon shaxmat federasiyasi raisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.