Olti oyda 3837 nafar shaxs korrupsiyaga uchun jinoiy javobgarlikka tortildi

03.10.2024 16:19

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Oliy sud taqdim etgan ma`lumotlar asosida 2024 yilning 1-yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlil qilindi.

Joriy yilda (2023 yilning birinchi yarim yilligi bilan taqqoslaganda) ayrim soha va yo`nalishlarda korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaygan.

Jumladan:

– tijorat banklarida 146 (186);
– Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida 145 (177);
– huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 122 (128);
– Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimida 52 (64);
– Bandlik va kambag`allikni qisqartirish vazirligi tizimida 30 (40);
– Qishloq xo`jaligi vazirligida tizimida 30 (33) korrupsion jinoyatlar sodir etilgan.

Shuningdek:

— Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tizimining 285 (237);
– davlat ulushi mavjud korxonalarning 103 (153);
– mahalliy hokimliklarning 133 (119) nafar xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар