Biznesni rivojlantirish bankining asosiy maqsadi – O`zbekistonda innovasion bank bo`lish

30.09.2024 17:38

“Biznesni rivojlantirish bankidan chakana xizmatlar: qulaylik va zamonaviylik” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi. 

Tadbirning boshida Chakana biznes modelini rivojlantirish va daromadlilik ko`rsatkichlarini oshirish BRBning asosiy strategik maqsadi ekanligi alohida ta`kidlandi.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, bugungi kunda bankda 39 ta bank xizmatlari ofisi hamda bank xizmatlari markazi, 14 ta 2-toifali BXM, 3 ta ipoteka markazi, 560 ta Bankomat, 264 ta 24/7 bankomat shahobchalari mavjud. Aholiga 49 turdagi chakana mahsulot va xizmatlar ko`rsatilmoqda. Strategiya asosida bu boradagi qo`yilgan maqsad yo`lida ko`rilayotgan choralar ham joriy yilning o`zidayoq natija bermoqda. Xususan, 2024 yilning 9 oyi davomida 1,5 trln so`m miqdorida kredit mahsulotlari rasmiylashtirilgan. Ushbu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 100 mlrd so`mga ko`proqni tashkil etmoqda.

Biznesni rivojlantirish banki tomonidan boshqa tijorat banklarida alternativ variantlari mavjud bo`lmagan mahsulot va xizmatlarni joriy etishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Misol uchun yaqin kunlarda mijozlarga Onlayn avtokredit, Onlayn ta`lim krediti hamda mahsulot va xizmatlarni agent tashkilotlar orqali sotish va sotuv hajmlarini oshirishga oid yangi xizmat turlari taklif etila boshlaydi.

Shuningdek, ayni paytda bankning mobil ilovasi foydalanuvchilar soni 340 mingdan ortiqni tashkil etadi. Yil boshidan 3,5 mln ga yaqin tranzaksiyalar orqali 3,1 trln so`mlik aylanmalar amalga oshirildi.  
Hozirgi kunda eng ommabop xizmat bu shubhasiz onlayn xizmatlar hisoblanadi. Bank tomonidan ushbu tendensiyalarga mos xizmat va mahsulotlar yaratish ustida ishlar olib borilmoqda.

“Endilikda bank mijozlari bankning mobil ilovasi orqali onlayn tarzda avtokredit olish imkoniyati yaratildi. Ya`ni avtotransport sotib olish bo`yicha barcha amaliyotlar mijoz tomonidan mustaqil onlayn tarzda bajariladi. Hozircha ushbu xizmat faqatgina UzAvto kompaniyasi tomonidan sotilayotgan avtomobillar uchun joriy qilingan. Boshqa avtotransport vositalarining rasmiy sotuvchilari va ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar o`tkazilmoqda. Va onlayn avtokredit mahsuloti boshqa rusumdagi avtomobillar uchun ham joriy etilishi rejalashtirilgan”, – dedi bank Chakana biznes Bosh direktori Feruz Xo`jaev.

Shuningdek talabalar va ularning yaqinlari ham endilikda ta`lim kreditlarini mobil ilova orqali rasmiylashtirib ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin bo`ladi.

Reklama

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар