Prezidentning «Farg`ona viloyatidagi oliy ta`lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori loyihasi bilan Farg`ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali negizida Farg`ona davlat texnika universiteti tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga Qo`qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo`qon filiali hamda O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti Farg`ona mintaqaviy filiali negizida Qo`qon davlat universiteti tashkil etiladi.
Bundan tashqari, O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg`ona filiali Farg`ona davlat universiteti tasarrufiga o`tkaziladi.
Qaror loyihasi bilan Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligiga 2025/2026 o`quv yiliga qadar Farg`ona davlat texnika universiteti hamda Qo`qon davlat universitetining boshqaruv bo`g`ini va o`quv jarayoniga yuqori malakali, tegishli sohalar bo`yicha chuqur bilim va ko`nikmalarga, ilmiy salohiyatga, xalqaro tajribaga ega bo`lgan professor-o`qituvchilar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb qilish vazifalari yuklangan.
Vazirlik, shuningdek, Farg`ona davlat texnika universiteti hamda Qo`qon davlat universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlariga o`qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun xorijiy tillarda o`qitiladigan alohida guruhlar tashkil etish choralarini ko`radi.
Hujjat loyihasi bilan: