Alisher Usmonovning qariyb 50 million dollar aktivlari musodara qilindi

28.09.2024 09:01

Ukraina Oliy aksilkorrupsiya sudi (VAKS) oligarx Alisher Usmonovning ikki milliard grivnadan (48,2 million dollar) ortiq mol-mulkini musodara qilish haqida hukm chiqardi. Bu xaqda Forbes nashri xabar berdi.

Xabarga ko`ra, 160 ming tonnadan ortiq temir rudasi, shuningdek, «Peter-Servis Ukraina» ustav kapitalining 100 foizi davlat daromadiga aylantirilgan. VAKS qarori hali kuchga kirmagan va shikoyat qilinishi mumkin.

Forbes ma`lumotlariga ko`ra, Alisher Usmonov boyligi 13,4 milliard evroga baholangan. U Rossiyadagi eng boy odamlardan biri.

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin unga qarshi Evropa Ittifoqi, AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalar joriy etildi. Usmonov ushbu sanksiyalar olib tashlanishi uchun turli sudlarda kurashmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар