Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlagan M.P. aldash, ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan Sardoba tumanidagi maktablarga evakuvasiya qilingan fuqarolarga yordam berish uchun ko`ngilli sifatida qo`shilgan, deyiladi "Sirdaryo xabarlari" saytida.
U 2020 yil iyul oyida evakuasiya qilingan aholini nooziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash bahonasi bilan o`zini Sardoba tumani Qizil yarim oy jamiyati birinchi o`rinbosari sifatida tanishtirib, ushbu jamiyat nomi bilan tayyorlangan soxta talabnomani mahsulotlar saqlanadigan omborga taqdim qilgan.
Shu yo`l bilan ombordan 15 turdagi 15.154.000 so`mlik mahsulotlarni olib sotib yuborgan.
O`tkazilgan tadbirlar davomida M.P. qo`lga olinib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Mazkur jinoyat ishi sudda ko`rib chiqilib, ushbu shaxsni yuqoridagi moddalar bilan aybdor deb topib, uch yarim yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.