2024 yil yanvar-avgust oylarida soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni to`lamaslik xavfi yuqori bo`lgan 1 367 ta tadbirkorlik sub`ektida soliq auditi o`tkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat ko`rsatgan jami soliq to`lovchilarning (553,2 ming) 0,25 foizini tashkil etadi.
Auditda aniqlangan summa
Aniqlangan soliq xavfi summasi – 3 478,3 mlrd so`m;
Soliq auditida aniqlangan summa – 4 128,3 mlrd so`m.
Soliq auditida aniqlangan summa sohalar kesimida:
savdo va umumiy ovqatlanishda – 2 854,1 mlrd so`m (69,2%);
qurilishda – 429,4 mlrd so`m (10,4%);
ishlab chiqarishda – 248,9 mlrd so`m (6%);
qishloq xo`jaligida – 115,8 mlrd so`m (8%);
xizmat ko`rsatishda – 330,8 mlrd (2,4%);
transportda – 43,3 mlrd so`m (1%);
boshqa sohalarda – 106 mlrd so`m (2,6%).
Yashirilgan soliq bazalari
O`tkazilgan soliq auditlarida 388 ta soliq to`lovchida 5 767,1 mlrd so`mlik soliq bazasi yashirilgan:
206 ta subektda 2 621,2 mlrd so`mlik realizasiya qilingan tovarlar summasi ko`rsatilmagan;
93 ta subektda 1 723,2 mlrd so`mlik tovarlar inventarizasiya paytida ombor yoki realizasiya joyida mavjud bo`lmagan;
89 ta subektda 1 422,7 mlrd so`mlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizasiya qilingan.
Bugungi kungacha, aniqlangan soliq summalaridan to`lov muddati kelgan 1 356,5 mlrd. so`mning 265,6 mlrd. so`mi (19,6 %) to`lab berildi.