Prezidentdan "dux" olgan "Zulfiyachi" qiz sudi yopiq tarzda o`tkaziladi

13.09.2024 14:20

SSP Navoiy boshqarmasi boshlig`iga nisbatan ochilgan jinoyat ishi 18 sentyabr kuni Navbahor tuman sudida yopiq tarzda bo`lib o`tadi.

2024 yil 6 martdan buyon Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelgan Merey Omonboeva jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi a bandi bilan (juda ko`p miqdordagi firibgarlik ishlarida) ayblanmoqda. Bunday jinoyat uchun BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mavjud.Shuningdek, jinoyat ishi sudya Alisher Fayzullaev raisligida tekshiriladi.

Ta`kidlash joizki, shu yilning aprel oyida ham Merey Omonboevaga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgandi. O`sha vaqtda, Omonboeva Navoiy shahri hokimi orqali er maydoni olib berishni va`da qilib, quruvchi tadbirkorlardan katta miqdorda pul olgani aytilgan.

Qo`shimcha ma`lumot uchun, 27 yoshli Merey Omonboeva 2020 yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Hozirgi lavozimidan oldin, "Zarafshon" mahallasida hokim yordamchisi bo`lib ishlagan. 2021 yil Karmana tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirish marosimida u davlat rahbariga "sizning kelganingizdan "dux" oldik" -degandi. Shavkat Mirziyoev unga prezident sovg`asi sifatida Nexia 3 sovg`a qilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар