Sobiq qishloq xo`jaligi vaziri Aziz Voitov sudi yopiq tarzda ko`riladi

12.09.2024 16:21

 

Sobiq qishloq xo`jaligi vaziri Aziz Voitov va yana 49 kishiga oid jinoyat ishi ko`rib chiqilayotgan sudda da`vogarning sud majlisini yopiq tarzda o`tkazish bo`yicha iltimosnomasi qanoatlantirildi.

Sudya sud majlisida xizmat doirasida foydalanish mumkin bo`lgan ma`lumotlar aytilishini inobatga olgan holda shunday qarorga kelganini bildirdi.

Qo`shma ish bo`yicha jami 50 nafar shaxs ayblanmoqda, ulardan 29 nafari qamoqqa olingan, qolgan 21 nafariga nisbatan garov va munosib xulq-atvorda bo`lish haqidagi tilxat tarzida ehtiyot chorasi qo`llangan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bo`yicha ayblov e`lon qilingan:

167 (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish);
168 (Firibgarlik);
184 (Soliqlar yoki yig`imlarni to`lashdan bo`yin tovlash);
185−2 (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish);
189 (Savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish);
205 (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish);
206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish);
28,209 (Jinoyat ishtirokchilarining turlari, Mansab soxtakorligi);
209 (Mansab soxtakorligi);
211 (Pora berish);
228 (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish);
243 (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish).

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар