O`zbekiston va Qirg`iz o`rtasidagi ikkita chegara posti qayta ochildi

12.09.2024 10:37

 

Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan “Qorasuv” chegara bojxona posti 15 yillik tanaffusdan so`ng yana o`z faoliyatini qayta tikladi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi xabar berdi. 

Qirg`izistonga o`tish imkonini beradigan “Qorasuv” chegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega bo`lib, endilikda bu erda kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar o`tib-qaytishlari mumkin.

Ma`lum qilinishicha, so`nggi etti yil ichida O`zbekiston va Qirg`iziston tashqi savdo aylanmasi 3 barobarga oshgan.

"2017 yilda Qirg`iziston bilan chegarada joylashgan bojxona postlarida 2,3 million nafar fuqarolar harakatlangan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2023 yilda 16 million nafarga etdi.

Shuningdek, chegaradagi yuk avtotransport va temiryo`l vagonlari soni 7 barobarga oshdi. Ikki davlat tadbirkorlari bilan import va eksport aloqalari juda yaxshi yo`lga qo`yilgan bo`lib, tadbirkorlar soni 2,7 barobarga ko`paygan.

Hozirda, uzoq yillik tanaffusdan so`ng, "Qorasuv" va "Uchqo`rg`on" chegara postlarining qayta tiklanayotgani aloqalarning yanada mustahkamlanishiga ijobiy rag`bat beradi",
deyiladi xabarda.
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар