Putin nimadan qo`rqadi?

11.09.2024 12:55


"Middle East Eye" nashrining xabar berishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin agar Turkiyaga tashrif buyursa, tashrif vaqtida unga qiruvchi samolyotlar hamrohlik qilishini talab qildi.

Manbalarga ko`ra, prezident  uning parvoz rejimidagi samolyotiga Ukraina hujum qilishidan xavotirlanib, o`zining harbiy samolyotlari himoyasida Anqaraga uchishni talab qilmoqda.

Biroq Putinning bu talabini bajarish qiyin, chunki Turkiyada NATOning havo hujumidan mudofaa tizimlari mavjud bo`lib, ular Rossiya qiruvchilarini dushman sifatida qabul qilishi mumkin. Shuningdek, Turkiya prezident tashrifi uchun havo hujumidan mudofaa tizimlarini o`chirish yoki o`zgartirishni rejalashtirmayapti.

Bundan tashqari, Rossiya vakillari  Anqara shahridagi uchta yirik mehmonxonani davlat boshlig`i uchun xavfsiz deb hisoblashmayapti. Chunki, bu mehmonxonalar Amerika kompaniyalariga tegishli.

Hozirda, Putinning Xorijdagi barcha parvozlari muntazam qiruvchi samolyotlar hamrohligida amalga oshirilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар