117 ta vazirlik va idoralarda 342,6 mlrd. so`m mablag` talon-toroj qilingan – Antikorrupsiya

10.09.2024 15:49

Qonunchilik palatasining majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan taqdim etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risidagi milliy ma`ruza ko`rib chiqildi.

Unda Agentlik direktori A.Burxonov 2023 yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar soni 879 nafarga yoki 2022 yilga nisbatan 12 foizga kamayganini, jinoyatlar soni esa 11 foizga pastlaganini ta`kidladi. "Korrupsiya harakatlari oqibatida etkazilgan zarar miqdori ham 29 foizga kamaygan", — deydi u.

Burxonov ijobiy ko`rsatkichlardan so`ng:

— 117 ta vazirlik va idoralarda yo`lga qo`yilgan ichki nazorat tuzilmalari faoliyati natijasida 4 ming 349 ta nazorat tadbirlarida 342,6 mlrd. so`m mablag`larning talon-toroj qilinishi aniqlanib, to`plangan ma`lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 953,4 mlrd. so`mlik mablag`larning noqonuniy sarf etilishining oldi olingan, — deydi u.
 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар