Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qish uchun yillik to`lovning to`liq miqdorini 4 qismga bo`lib to`lashi mumkin.
Bunda muddatlar quyidagicha:
25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 15 sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1 oktyabrgacha;
50% qismini — 2025 yil 1 yanvargacha;
75% qismini — 2025 yil 1 martgacha;
100% qismini — 2025 yil 1 maygacha.
Ma`lumot uchun, bo`lib to`lash imkoniyati super-kontrakt uchun ham amal qiladi. Lekin bunda ular dastlab 50% to`lovni amalga oshirishlari lozim.
Eslatma o`rnida, ma`lum toifaga davlat tomonidan bir martalik 50 foiz kontrakt to`lab beriladi.
Shuningdek, to`lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kurslar uchun dastlabki to`lov muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda bu masalani OTM rektori hal qiladi.