O`zbekiston Mudofaa vazirligi kontrakt bo`yicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash tartibidagi yangi o`zgartirishlarni tasdiqladi.
Unga ko`ra, erkak nomzodlardan armiyada, safarbarlik chaqiruvi rezervida yoki oliy o`quv yurtlarining harbiy kafedralarida xizmat qilish tajribasi talab qilinadi.
Shuningdek, endilikda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan o`rta, kasb-hunar yoki oliy ma`lumotga ega bo`lgan fuqarolar shartnoma asosida xizmat ko`rsatish uchun ariza topshirishlari kerak bo`ladi. Shartnoma bo`yicha faxriylar va zaxiradagi ofiserlar 40 yoshga to`lgunga qadar murojaat qilishlari mumkin.
Bundan tashqari, sportchilar uchun imtiyozlar ham o`zgardi: ilgari respublika va xalqaro musobaqalar g`oliblari g`alaba qozongan kundan boshlab 5 yil ichida soddalashtirilgan tartibda xizmatga kirishi mumkin edi, endi bu muddat 3 yilga qisqartirildi.
Aytib o`tish joizki, o`zgartirishlar 2024 yil 5 sentyabrdagi buyruq asosida kiritilgan bo`lib, 6 sentyabrdan kuchga kirdi.